Aslida biz geniy!

O‘zbek yoshlari, Koreya va Xitoy misolida uzoq muddatli mehnat, sabr va rivojlanish haqida shaxsiy fikrlar. Nega hozir yugurish vaqti kelgan?
Aslida biz geniy!

Aslida biz geniy


Gapni uzoqdan boshlayman. Meni o‘ylashimcha Koreya hozir birdaniga rivojlanib qolgan davlat emas. Bu ancha avval qilingan mehnatlarning bugungi kundagi natijasi. O‘sha paytlarda qurilgan Samsung, LG, Hyundai, Kia kabi kompaniyalar dunyo bozoriga chiqdi. Juda katta pul ishlab topdi va yana o‘z davlatiga investitsiya qilib bordi. Hozirgi Koreyada ko‘rayotgan narsalarimizning juda katta qismi aynan o‘sha gigant kompaniyalar hissasi. Ba’zida hatto prezident qaroridan ham ko‘ra shu kompaniyalar qarori kattaroq rol o‘ynaydi deb o‘ylayman.


Nima demoqchiman?

- Bir mehnat qilinsa, uning natijasi darrov bilinmaydi. Ba’zida tez bilinishi mumkin, lekin ko‘pincha holatlarda uzoq muddatdan keyin bilinadi.


Muammo shundaki, O‘zbekistonda ko‘p yoshlar ozroq harakat qiladi, motivatsiya keladi, boshlaydi… lekin natija tez ko‘rinmaganligi uchun oson taslim bo'ladi. Koreya esa bunday qilmagan deb o‘ylayman. Koreyaning qari qatlami qilgan mehnati evaziga hozirgi yoshlar rivojlangan davlatda yashayapti. Hattoki metrolar qurilishida odamlar bepul volontyor bo‘lib ishlagan ekan. Hozirgi metrolarda o‘sha volontyorlarning yuzlari toshlarda chizilib saqlanib qolgan.

Demak xulosa oddiy: nimagadir erishish uchun nimanidir qurbon qilish kerak.

Faqat mehnat, mehnat va yana mehnat.


Hozirgi Koreya yoshlariga qarayman. Ularda deyarli qiyinchilik yo‘q. Metrolarda 99% yoshlarning qo‘lida telefon, qulog‘ida naushnik. Ko‘pchilik shunchaki telefon ichida yashaydi. Hozirgi koreys yoshlarining ko‘pi harakat qilishdan to‘xtagandek. Qulaylik juda ko‘p. Ichkilik ham juda-juda ommalashgan. Hamma yoshlarning o'zining jufti haromi bor va vaqtining katta qismini ko'ngil xushlik bilan o'tkazishadi. Va bularning hammasi xozirgi Koreya uchun odatiy holatga aylangandek.

Bu yomonlash uchun aytilgan gap emas. Bu rivojlangan davlatlarning tabiiy bosqichi.


Endi Xitoyga qarang.

Ular kechani kecha, kunduzni kunduz demay o‘qiydi. Juda qattiq ishlaydi. Shuning uchun bugun Xitoy juda tez rivojlanmoqda.

Ba’zida shunday o‘ylayman: bugungi dunyoda ko‘pchilik shunchaki to‘xtab turibdi.

Boshqalardan o‘tib ketish uchun ba’zida yugurish ham shart emas. Ozgina yurish kifoya.

Lekin Xitoy yuguryapti.


Savol: biz nima qilyapmiz?

Bu savolga javobni o'ziz mendan yaxshiroq bilasiz!


Biz o‘zbeklar shu fursatdan foydalanib yugurib olishimiz kerak. Yurmaslik kerak. Chunki yurayotgan odamning to‘xtagisi, to‘xtagan odamning o‘tirgisi, o‘tirgan odamning yotgisi, yotgan odamning esa uxlagisi keladi. Bizda yugurayotganlar bor. Lekin juda kam. Shu sonni ko‘paytirishimiz kerak. Hozir dunyo yoshlarining juda katta qismi vaqtini Instagram’da o‘tkazyapti. Agar biz ham ularga qo‘shilsak — tabiiyki oldinga o‘tolmaymiz.


Dunyo to‘xtab turgan paytda yugurib olish kerak. Zamonaviylik deb hamma qilayotgan ishni qilsak, hamma chalg‘iyotgan narsalarga chalg‘isak — shu joyimizda qolaveramiz.

Qilayotgan ishingiz darrov natija bermaydi. Lekin davom etish kerak. Orqaga qarang: hozirgacha erishgan natijalaringizni o'zingizga xozirni o'zida sanab bering. Endi ayting ularga erishish uchun qancha vaqt ketgan?

Demoqchi bo'lganim - natija hech qachon birdan kelmaydi, sabr va harakt eng muhim narsalar.


Endi o‘zimizni koreyslar bilan emas, o‘zimizga yaqin davlatlar bilan solishtiraylik.

Universitetda international fakultetda o‘qiymiz. Turli davlatlardan talabalar bor. Bizda top 10% studentlarga 100% grant beriladi. Grant bo‘lmasa har 3 oy uchun taxminan 4000$ to‘lash kerak. Shuning uchun hamma semester davomida juda qattiq harakat qiladi.

O‘tgan semester top 10% ichida kimlar bor edi bilasizmi?

Faqat o‘zbeklar.

Birorta qozoq, qirg‘iz, mo‘g‘ul yoki saudiyalik student yo‘q edi.

Bu nimani anglatadi?

Agar o‘zbek harakat qilsa — undan o‘tadigan odam topilmaydi.

Bilmayman, balki bu qonimizdadir. Balki xarakterimizdadir. Lekin nima bo‘lganda ham buni dunyoga ko‘rsatishimiz kerak.

Biz kelajak avlodga rivojlanayotgan emas, rivojlangan O‘zbekiston qoldirishimiz kerak.

Chunki o‘sha kelajakda begona emas — bizning farzandlarimiz yashaydi.


Yuqoridagilarni hammasi mening shahsiy fikrlarim, hulosa o'zingizdan!

Bu sizga qanday ta'sir qildi?

7 ta izoh
A
Abdulaziz

🔥🔥🔥

S
Sardorbek Sayfullayev

Zo'r maqola

S
Shakhboz

Rostanam bu hikoyadan keyin fikrim ancha oʻzgardi. Gap boʻlishi mumkin iloji boricha koʻproq joylab turing.

.
.

Zo'r chiqibdi

A
Avazbek

Hozirda O'zbekistonda ham start up loyihalarga juda katta etibor berib kelinmoqda, va ishonamanki kelajakda bu start up loyihalar Silicon Valley kampaniyalar darajasiga yetishiga. O'zbekiston xalqaro darajaga chiqishi bu juda ko'p foydalar olib kelyabdi, misol uchun Stanfordda o'qib kelgan student Yoshlar ishlari Agentligi rahbari bo'lib ishlayabdi, va bu davlatimizga va yoshlarimizda juda katta foyda olib kelyabdi, Harvardda kirish darajasi ko'payyabdi. Juda manaviy resourcelarga boy fikrlar bo'libdi, o'qib mazza qildim kanalizga yaqinda qo'shilgan bo'lsam ham.

N
Nodira

Xayrli kech. Fikrlaringizga to‘laqonli qo‘shilaman. Juda aniq va yorqin fikrlar bildirgansiz. O‘zbekiston tarixiga nazar soladigan bo‘lsak, bizning bobokalonlarimiz juda buyuk bo‘lib, deyarli barcha fan va sohalarga asos solgan insonlar bo‘lishgan. Ularning qoni va shijoati bizning ham qonimizda oqmoqda. Inson o‘zidagi kamchiliklarni va yutuqlarini tan olgan paytdan boshlab o‘sishni boshlaydi. Biz o‘zimizdagi dangasalikni tan olib, uni yengishni boshlagan onimizdan boshlab rivojlanish va yuksalish sari qadam qo‘yamiz.

A
Abduraxmon

judaham tog’ri gap bolibdi, ayniqsa hozirgi yoshlarning vertual olamda ornaship qolgani va bu qobiqda qotib qolgani juda ham yomon holat. Haqiqatda harakat qilsa 1kun bolmasa keyingi kun albatda natijasi boladi faqat toxtab qolmasak boldi..)

Izoh qoldirish

Fikrbot
Onlayn
Salom! Men Fikrbot 🌍
Hayot, ish, o'qish, oila — istalgan mavzuda yordam beraman!